Hindistonda chang bo‘roni va jala vaqtida ulkan reklama banneri qulab tushdi, oqibatda kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat vakillari 250 tonnalik bilbord noqonuniy ravishda o‘rnatilganini aytdi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida yuz bergan kuchli shamol 130 mingdan ortiq iste’molchini elektrsiz qoldirdi. Uy va binolarning tomlari uchib ketdi. Qashqadaryoda ham ayrim obyektlarga zarar yetgan. Chang bo‘roni tufayli Toshkentdan Buxoroga uchgan samolyot aerodromga qo‘na olmay, poytaxtga qaytishga majbur bo‘ldi.
Samarqand viloyatida kuchli shamol sabab elektr ta’minoti o‘chirildi. Energetika vazirligi bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati O‘zbekiston aholisidan avtomobillarni daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz vositalar yaqinida qoldirmaslikni so‘radi. FVV esa kuchli shamol vaqtida amal qilish zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Qashqadaryoning qator tumanlarida kuchli shamol binolarning tomini uchirib, simyog‘ochlarning qulashiga sabab bo‘ldi. Uch kishi jarohatlandi. Avvalroq, viloyatning Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urgani, ulardan birining vafot etgani xabar qilingan edi.
Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchqudud tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.
Toshkentda kuchli shamol natijasida Malibu rusumli avtomashinaning ustiga daraxt quladi. Ma’lum qilinishicha, mashinani boshqargan qiz jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoning boshqa ta’sirlari, jumladan, yer usti metrosi stansiyasining tomiga qisman zarar etkazilgani haqidagi kadrlar joylashtirildi.
Kuchli shamol natijasida Xonqa tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosining tomi qulab tushdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting